BESH ARCHA MChJ (O'zbekiston Respublikasi) — energiya samarador koʻmirni ulgurji va chakana sotamiz

Mahsulotlarimiz:

Ko‘mir — SS markasi
(yengil qovushuvchi)

Qayerdan xarid qilish mumkin?

Ombor manzili
O‘zbekiston, Farg‘ona viloyati,
Farg‘ona shahri, Qirg‘ili mahallasi, Sulim ko‘chasi, 7-uy
(xaritada ko‘rish)

Bog’lanish uchun
Operatsion ofis telefoni: +998 88 464 53 55
Ombor mudiri — Ulug‘bek Turg‘unov:
+998 88 775 77 51
Elektron pochta: info@besharcha.uz
"BESH ARCHA" MCHJ (O‘zbekiston Respublikasi) — "Besh Archa" MChJ (Qirg‘iziston Respublikasi) kompaniyasining rasmiy savdo vakili hisoblanadi va Qirg‘izistondagi Bel-Alma ko‘mir konidan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega. Ushbu kon katta zaxiralari va yuqori sifatli qazilma resurslari bilan mashhur.
Biz sanoat va maishiy ehtiyojlar uchun barqaror ko‘mir yetkazib berishni taklif qilamiz. Ko‘mir O‘zbekiston hududidagi omborlarimizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi — barcha bojxona rasmiylashtiruvi to’liq yakunlangan, foydalanishga to’liq tayyor va istalgan hajmda mavjud.
Ko‘mirimiz yuqori kaloriyaliligi va energiya samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning sifati SGS mustaqil laboratoriyasi tomonidan berilgan sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

Bizning afzalliklarimiz

  • OMBORDA TAYYOR MAHSULOT
    Ko‘mir allaqachon O‘zbekiston hududidagi omborimizda mavjud. Buyurtma qilingan kuni jo’natishga tayyor — uzoq kutishga hojat yo’q.
  • TEKSHIRILDAGAN SIFAT
    Har bir ko‘mir partiyasi laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi. Sifatni tasdiqlovchi barcha hujjatlar to‘liq taqdim etiladi, xaridor xarid qilishdan oldin natijalar bilan tanishishi mumkin.
  • FOYDALANISHGA TAYYOR MAHSULOT
    Ombordagi barcha ko‘mir bojxona rasmiylashtiruvlaridan o‘tgan va O‘zbekiston hududida sotuvga tayyor. Qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.
  • QULAY TO‘LOV USULLARI
    Hisob-kitoblar O‘zbek so‘mida, QQS bilan amalga oshiriladi. Quyidagi to‘lov shakllarini taklif qilamiz:
    • Mahsulotni qabul qilganda naqd pul bilan
    • Bank kartasi orqali
    • Kompaniyaning hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali
  • MOSLASHUVCHAN LOGISTIKA
    Siz mahsulotni olishning uchunqulay usulni tanlashingiz mumkin:
    • Temir yo’l vagonlarida belgilangan stansiyagacha yetkazib berish
    • Shaxsiy transport vositangizda ombordan olib ketish imkoniyati

Bel-Alma koni haqida

"BESH ARCHA" MCHJ SS markali toshko‘mirni Bel-Alma konidan O‘zbekiston hududidagi omborlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beradi, bu esa uni mamlakat ichida tez va samarali tarqatishga imkon yaratadi.
Bel-Alma — o‘zining yuqori sifatli ko‘mir zaxiralari bilan mashhur kon bo’lib, uning umumiy zaxiralari 114 million tonna deb baholanadi, bu esa uzoq yillar davomida barqaror va uzluksiz yetkazib berish kafolatini beradi.

"BESH ARCHA" MCHJ doimiy ombor zaxiralarini saqlagan holda, mijozlarga tezkor xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida "BESH ARCHA" MCHJ — "Besh Archa" MChJ (Qirg‘iziston Respublikasi) kompaniyasining sho‘ba savdo korxonasi hisoblnadi va O’zbekistonda rasmiy vakolatxona sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu strategik ishtirok bizga Bel-Alma konidan eksklyuziv, yuqori sifatli ko‘mirni O‘zbekiston bo‘ylab har xil mijozlar ehtiyojini qondirish uchun eng qulay shartlarda yetkazib berish imkonini yaratadi.

Hozirda Farg‘ona viloyati, Qirg‘ili hududida ombor faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, biz mamlakatning boshqa hududlarida ham yangi logistika nuqtalarini ochish ustida faol ishlamoqdamiz.

"BESH ARCHA" MCHJ bilan hamkorlik qilgan holda siz chakana va yirik hajmdagi (sanoat) partiyalarni qulay shartlar asosida sotib olish imkoniga ega bo‘lasiz — doimiy, ishonchli va sifatli ta’minot kafolatlanadi.

Ko‘mir yetkazib berish shartlari

"BESH ARCHA" MCHJ ko‘mir mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Farg‘ona viloyati, Qirg‘ili hududidagi ombor orqali sotadi. Biz chakana xaridorlar va sanoat ehtiyojlari uchun yirik hajmdagi buyurtmalarni qabul qilamiz.
  • Mahsulot qayerdan jo‘natiladi
    Farg‘ona viloyati, Qirg‘ili hududidagi ombor orqali.

    Barcha ko‘mir partiyalari bojxona rasmiylashtiruvlaridan o‘tgan va darhol jo‘natishga tayyor.
  • To‘lov shartlari
    Hisob-kitoblar O‘zbekiston so‘mida amalga oshiriladi. Barcha narxlar QQS (Qo‘shilgan qiymat solig‘i) ni o‘z ichiga oladi.

    Mavjud to‘lov usullari:
    • Naqd pul orqali
    • Bank kartasi orqali
    • Kompaniyaning hisob raqamiga bank o‘tkazmasi orqali
  • Mahsulotni olish usullari
    • Ombordan shaxsiy transport vositangiz orqali o‘zingiz olib ketishingiz mumkin
    • Oldindan kelishilgan holda temiryo‘l yoki avtomobil transporti orqali yetkazib berish

    Muhim:

    • Jo‘natish faqat 100% oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi.
    • Biz to‘g‘ridan-to‘g‘rishlaymiz — yakuniy xaridorlar bilan bevosita hamkorlik qilamiz.
    • Yetkazib berish narxi hududga qarab individual tarzda hisoblanadi.
HAR QANDAY HAJMDA MUNTAZAM YETKAZIB BERA OLAMIZ.
So‘rov qoldiring — sizga kun davomida aloqaga chiqamiz.
100
10 000
Siz tugmani bosish orqali shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishiga rozilik berasiz.