Besh Archa kompaniyasi isitish qozonlari uchun yuqori sifatli SS markali toshko’mir taklif etadi. Biz O’zbekiston bo’ylab, jumladan Toshkent, Farg’ona, Andijon va boshqa viloyatlardagi qozonxonalar uchun ko’mir yetkazib berishni tashkil qilmoqdamiz.
Qozonlar uchun ko'mirning afzalliklari
Yuqori issiqlik uzatish
SS markali toshko’mir bir xil yonishni va maksimal energiya samaradorligini (yuqori issiqlik uzatishni) ta'minlaydi.
Kam miqdordagi aralashmalar
Past kul va namlik darajasi uskunalarning tez eskirishining oldini oladi va tozalikni ta’minlaydi.
Tejamkorligi
Uzoq muddat yonishi yoqilg’i sarfini kamaytiradi, isitish xarajatlarini ozaytiradi.
To’g’ri ko’mir tanlash qozonning samarador ishlashiga va uning chidamliligiga ta’sir qiladi. Turli xil ko’mir fraktsiyalari har xil turdagi qozonlarga mos keladi:
Avtomatik va yarim avtomatik qozonlar
Bunda tizimlar uchun mayda fraktsyali ko’mir yaxshi tanlovdir, masalan, urug' (6−13 mm) yoki shtyb (0−6 mm). Ushbu turdagi ko’mirlar o’choqqa osongina yuklanadi va barqaror yonishni ta’minlaydi.
Uzoq muddat yonib turadigan qozonlar
Ular uchun yong’oq (25−50 mm) kabi o’rta fraktsiyali ko’mirdan foydalanish qulaydir. U asta-sekin yonib va haroratni uzoq vaqt ushlab turadi.
Sanoat qozonlari va qozonxonalar
Katta qozonxonalar va issiqlik elektr stantsiyalari uchun yuqori haroratlarda kuchli yonishni ta’minlaydigan kattaroq fraktsiyalar mos keladi, masalan, 50−300 mm.
Qattiq yonilg'i qozonlari
Ular uchun yuqori issiqlik o’tkazuvchan va tarkibida oz kul miqdori chiqaradigan ko’mirni tanlash muhimdir, masalan, SS markali ko’mir.
Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, biz boshqa sinflar va fraksiyadagi koʻmirni taklif qilishimiz mumkin.