Pechlar va isitish (otopleniya) uchun ko’mir

Xususiy uylar, hovli uylari va hammomlarni isitish uchun ko‘mir doimiy talabga ega mahsulot hisoblanadi. Toshko’mir, youqori issiqlik o’tkazuvchanligi, bir xil va uzoq yonishi bilan ajralib turadi. BESH ARCHA kompaniyasi sifatli yoqilg’i taklif qiladi va O’zbekiston bo’ylab qulay yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Pechni isitish uchun ko’mir turlari

Pechlar va kaminlarni yoqish uchun ko’pincha toshko’mir ishlatilinadi va u sinflarga (fraktsiyalarga) bo’linadi:
Yong'ok (25–50 mm)
Ko’pgina pechlarga tug’ri keladi va barqaror issiqlikni ta’minlaydi.
Kichik (13–25 mm)
Tez yonadi, kichik isitish moslamalari uchun qulaydir.
Urug' (6–13 mm)
Issiqlikni samarali qo’llab-quvvatlaydi va uzoq vaqt yonishni kafolatlaydi.
Shtyb ( 6 mm gacha )
Avtomatlashtirilgan qozonlarda va yoqilg’i ta’minoti tizimlarida qo’llaniladi.
Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, biz boshqa sinflar va fraksiyadagi koʻmirni taklif qilishimiz mumkin.

Pechlar uchun ko’mirimizning afzalliklari

Bizning SS markali ko’mir — bir qator afzalliklarga ega yoqilg’idir:

  • Yuqori issiqlik uzatish — samarali isitish va doimiy haroratni saqlashni ta’minlaydi.
  • Tejamkorligi — uzoq muddatli yonish pechlari uchun mos, bu esa isitish xarajatlarini kamaytiradi.
  • Saqlash qulayligi — maxsus saqlash sharoitlarini talab qilmaydi.
  • Uzoq muddatli yonish — tez-tez yoqilg’i qo’shmasdan issiqlikni uzoq saqlashga yordam beradi.

Pech uchun ko’mirni qanday tanlash kerak?

Ko’mirni tanlashda pechning turini va kerakli isitish muddatini hisobga olish kerak. Uzoq muddat yonishi uchun katta fraktsiyalardan (sinflardan, bo’laklardan), tez yonishi uchun esa kichik fraktsiyalardan foydalanish yaxshi tanlovdir. Agar pechka uyni isitish uchun ishlatilinsa, 25-50 mm fraktsiyali toshko'mirni tanlash tavsiya etiladi.

O'zbekistonda pechka uchun ko'mirni qayerdan sotib olish mumkin?

BESH ARCHA kompaniyasi butun O‘zbekiston bo‘ylab qulay yetkazib berish bilan birga, pechlar va isitish tizimlari uchun ko‘mirni taklif qiladi. Ulgurji va chakana yetkazib berish mavjud. Yetkazib berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qirg‘ili stansiyasidagi omborimizdan amalga oshiriladi. Narxlarni bilish va buyurtma berish uchun saytda ariza qoldiring yoki quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:
+998 88 775 77 50,
+998 88 775 77 51,
+998 97 738 29 49.
BIZ KO‘MIR MAHSULOTLARINI MUNTAZAM YETKAZIB BERISHNI TASHKIL ETISHGA TAYYORMIZ. ARIZA QOLDIRING VA BIZ SIZ BILAN BIR KUN ICHIDA BOG‘LANAMIZ.
100
10 000
Siz tugmani bosish orqali shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishiga rozilik berasiz.